YANGILIK VA TADBIRLAR

“FACTOR BOOKS” nashriyoti bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi

photo_2021-12-15_16-28-35
2021-yilning 18-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat insitutida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida “FACTOR BOOKS” nashriyoti hamda Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi kafedrasi hamkorligida o‘quv yurtida tadbir o’tkazildi. Dastlab, institut kirish qismida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasida nashriyotda chop etilgan ommabop va yuqori saviyali mashxur badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
San’at saroyida ko’tarinki kayfiyat bilan davom etgan tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor U.Abdullayev ochib berib, taqdim etilayotgan yangi badiiy kitoblarning ahamiyati, umuman kitob o’qish faqat yaxshilikka yetaklashini talaba-yoshlarga aytib o‘tdi.
Tadbirda tarjimonlar, “Yosh kitobxon” respublika tanlovining g’olibasi, havaskor shoirlar, “BEST SHOU” vakillari hamda xonanda Shuhrat Daryo yig’ilganlarga yaxshi kayfiyat baxsh etdi. Xususan, viktorina g’oliblari nashriyotning eng yaxshi kitoblari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “FACTOR BOOKS” nashriyoti rahbariyati bugungi kunda korxonada 90 foizdan ortiq matbaachi-talabalar faoliyat olib borayotganini ta’kidlab, tadbirni tashkil etgan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyatiga o’z minnatdorchiligini izhor etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!