YANGILIK VA TADBIRLAR

“Kitob hayot chirog‘i” nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

photo_2021-12-15_16-28-36
Joriy yilning 22-dekabr kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan talabalarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob hayot chirog‘i” mavzusida tadbir о‘tkazildi. Tadbirda О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Alisher Boymurodov ishtirok etdi. Alisher Boymurodov talabalarga о‘z ijodiy faoliyati bо‘yicha, kitob tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi, kitob о‘qish foydalari haqida gapirib o‘tdi hamda о‘z qalamiga mansub bo‘lgan ijodiy ishlaridan bir qator misralar keltirib, qatnashchilarni bahramand qildi. Shuningdek, ijodiy uchrashuvda ishtirok etgan talabalar ham turli she’riy misralar va kuy-qо‘shiqlar ijro etishdi. Faol talabalarga shoir tomonidan turli janrdagi badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!