YANGILIK VA TADBIRLAR

“Konstitutsiya inson huquqlarining mustahkam asosi”

photo_2021-12-15_16-28-32
“Har bir davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, eng muhim maqsad va vazifalarini belgilab oladi. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk davrida qabul qilingan boshqa ramzlar qatori Konstitusiyada ham xalqimizning xohish-irodasi, inson huquq va manfaatlari, davlat tuzilishi o‘z ifodasini topgan. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini qayd etadi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratadi. Shu bois Konstitusiyamizni ardoqlaymiz, ulug‘laymiz, o‘rganamiz, qabul qilingan kunni bayram sifatida nishonlaymiz”. Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida “Konstitutsiya inson huquqlarining mustahkam asosi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda mehmon sifatida Toshkent shahri prokraturasi bo‘lim boshlig‘i Xakimov Ravshan To‘lqinovich, Yakkasaroy tuman prokurori o‘rinbosari Mamatqulov Azamat Murodilovich, shuningdek, Institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori U.Abdullayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i T.Allayarov, Yurist konsult U.Bozorov, Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn, To‘qimachilik sanoati texnologiyasi, Paxta sanoati texnologiyasi, Matbaa texnologiyalari fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuv mehmonlari bundan besh yil oldin Harakatlar strategiyasini qabul qilganligi hamda keng ko‘lamli va shiddatli demokratik islohotlarni boshlaganimiz, ularning huquqiy asosini Konstitusiyamizga 7 marta kiritilgan o‘zgartirishlar, qabul qilingan 5 ta kodeks va 250 ga yaqin qonunlar tashkil etishi, o‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqarashi butunlay o‘zgargani, har bir yurtdoshimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgani Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat berishi, ana shu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgani haqida gapirib o‘tdilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!