YANGILIK VA TADBIRLAR

Mehr – muruvvat va saxovat insonni ulug‘laydi

photo_2021-12-15_16-28-38
Joriy yilning 22-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti tyutori A.Umarov, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-oqituvchilar, institut profilaktika inspektori A.Tadjibayev hamda talaba – yoshlarning Yakkasaroy tumanida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun 25 –sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrifi uyushtirishdi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba – yoshlarning qalbida insoniy mehr – muruvvatni yanada kuchaytirish hamda imkoniyati cheklangan bolalarni ko‘rib, shukronalik hissini shakllantirishdan iboratdir. Jarayonda ishtirok etganlar alohida yordamga muhtoj bolaga o’zgacha mehr va e’tibor baxsh etib, ularning yuzlaridagi tabiiy, samimiy kulgularni va ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib bundan o‘zlari ham to‘lqinlanib, zavq olishdi. Tashrif davomida bolajonlarga xayriya sovg‘alari ulashildi va bundan ularning kayfiyatlari yanada oshib, ushbu tadbir ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi. Talaba – yoshlar ham katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!