YANGILIK VA TADBIRLAR

Ivanova nomidagi Politexnika universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi

photo_2022-01-03_13-20-47

2021-yilning 29-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Rossiya Federatsiyasining Ivanova nomidagi Politexnika universiteti prorektori Matroxin Aleksey Yurevich va Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Ometova Mariya Yurevna rasmiy tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, ikki hamkor oliy o‘quv yurti o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikni yanada takomillashtirish, uzoq muddatli va samarali ishlarni kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, Institutning “Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i Nodira Amirova hamda delegatsiya vakillari qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan 3-kurs talabalarning hujjatlari asl nusxasini ko‘rib chiqib, qoidaga binoan qabul qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!