YANGILIK VA TADBIRLAR

“Eng yaxshi tyutor” tanlovi g’oliblari aniqlandi

photo_2022-01-14_20-30-08

Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik lavozimi joriy etilgan. Institutda ta’lim tarbiya olish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ustoz-shogird tizimida ishlash, to’plangan ma’naviy merosni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimizga hurmat va iftixor tuyg’usida bo’lgan yoshlarni tarbiyalashda ishtirok etayotgan tyutorlar o’rtasida “Eng yaxshi tyutor” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. O’quv yurti rektori Ilxom Sabirov rahbarligida joriy yilning 14-yanvar kuni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Ulug’bek Abdullayev, fakultet dekan o’rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida ish faoliyatida yo’nalishlar bo’yicha har tomonlama faol bo’lgan g’olib tyutorlar e’lon qilindi.

O’quv jarayoni bo’yicha:

1-o’rin: TSTF tyutori Oyshahar Berdiyeva,

Ma’naviy-ma’rifiy yo’nalish bo’yicha:

1-o’rin: YeSTDF tyutori Dilobar Zufarova,
2-o’rin: MTF Yahyobek Omonov,
3-o’rin: TSTF tyutori Yaxshigul Sirojiddinova.

Ilmiy faoliyat bo’yicha:

1-o’rin: MTF tyutori Salimjon Umirzakov,
2-o’rin: PSTF tyutori Shavkat Xoldorov,
3-o’rin: MTF tyutori Botir Fayziyev.

G’oliblar, belgilangan tartibda 1-o’rin uchun 4mln so’m, 2-o’rin uchun 3 mln so’m va 3-o’rin uchun esa 2mln so’m pul mukofoti bilan rahbariyat tomonidan moddiy rag’batlantiriladi. Shuningdek, yig’ilish jarayonida institut rektori tyutorlarning xato-kamchiliklarini, yutuqlarini aytib o’tib, mas’uliyatni yanada his qilgan holda ish olib borishlarini alohida ta’kidladi. Keyingi ishlar yuzasidan esa vazifalar belgilab berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!