YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYeSI professor-o‘qituvchilar va xodimlari uchun “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” bo‘yicha o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda

photo_2022-01-17_09-44-00
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 6-yanvardagi “Ta’lim muassasalarida 2021/2022-о‘quv yilining ikkinchi yarmini yangicha tartibda boshlash uchun tо‘liq va puxta tayyorgarlik kо‘rish hamda qishki ta’til davrini mazmunli о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 2-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2022-yil 10-yanvarda 6-son buyrug‘i chiqarildi va reja asosida kafedra mudirlari, professor-о‘qituvchilar va о‘quv jarayonini tashkil etishda bevosita ishtirok etuvchi barcha xodimlar uchun asosiy ish joyidan ajralgan holda о‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil etish bо‘yicha 10-yanvardan 22-yanvargacha ishlab chiqilgan grafik asosida har kuni 9:00-14:00 gacha seminar-treninglar davom etmoqda. Ushbu seminar-treningda kredit tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uning sifatini ta’minlashning innovatsion metodlarini tahlil qilish, kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini rejalashtirish, kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyatini hamda о‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kurslarida tahsil olgan professor-о‘qituvchilar (trenerlar) jalb qilindi va yuqori saviyada о‘tkazilmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!