YANGILIK VA TADBIRLAR

Munosib e’tirof

photo_2022-01-17_17-24-15
Bugungi kunda Mamlakatimizda barcha sohalar singari ta’lim-tarbiya sohasi ham jadal rivojlanib bormoqda. Bu yo‘lda xizmat qilayotgan hurmatli o‘qituvchi va murabbiylarimizning o‘rni va kasbiy nufuzi ortib, o‘z vazifasini mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan fidoyi insonlar bo‘lmish kelajak bunyodkorlariga mustaqil diyorimizda katta e’tibor qaratilgan. Xususan, ularning mehnati munosib rag‘batlantirilib kelinmoqda. Ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining yana bir jonkuyar xodimlaridan biri “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri Yo‘ldosheva Ozoda Muxammadsodiq qizi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining FAXRIY YORLIG‘I bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e’tirof sababli o‘quv yurti rektori, texnika fanlari doktori Ilxom Kaxramonovich Sabirov tomonidan alohida e’tirof etildi. Shuningdek, “Biz barchamiz o‘z kasbimizga jiddiy yondashib, oliygoh rivojiga hissamizni qo‘shishimiz darkor. Mehnatlar evaziga erishilgan bu yutuq barchamizniki, shu o‘rinda aytish kerakki, sizdek fidoyi xodimlar institutning faxri va yuzidir. Yuksalishga erishish avvalo hamjihatlik ortidan keladi. Zero, bir tanu – bir jon bo‘lib harakat qilsak, bizlarni hech qanday kuch yenga olmaydi.” – deya samimiy fikrlar bildirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!