YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan yig‘ilish bo’lib o’tdi

photo_2022-01-20_19-01-14
Joriy yilning 20-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirov rahbarligida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, bo’lim boshliqlari, institut professor-o’qituvchilari hamda xodimlari bilan institutdagi ma’naviy-ma’rifiy tizimda kuzatilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo’llari, bu boradagi istiqbolli rejalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig’ilishda talabalar orasida jinoyatchilikning oldini olish, oliy ta’lim tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish, talabalarga din yuzasidan to’g’ri va asosli ma’lumotlar berish, shuningdek, oliygohda kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor berish, avvalo ustoz-murabbiylarning o‘zi talabalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, yana bir muhim ustuvor vazifalardan biri Institutda Odob-axloq kodeksi qabul qilinganligi va ushbu me’yoriy hujjatga institutnining barcha xodimlari va talabalari qati’an amal qilishi lozimligi belgilandi. Yig‘ilishda ko‘tarilgan muhim masalalar yuzasidan mas’ul shaxslarga topshiriqlar berildi. Amalga oshirilgan ishlar to’g’risida hisobotlar rahbariyatga taqdim qilinib borilishi hamda har bir xodim o‘z vazifasiga ma’suliyat bilan yondashishi kerakligi alohida ta’kidlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!