Belorusiya va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ta’lim sohasidagi tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida ikki oliy о‘quv yurtlari tomonidan tuzilgan shartnoma asoslanib, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi dotsenti N.Amirova Vitebsk davlat texnologiya universitetida joriy yilning 10-17 yanvar kunlari amaliy xizmat safarida bo’ldi.Tashrif davomida soha yо‘nalishi bо‘yicha yanada zamonaviy takomillashgan texnologiya, metodologiya va о‘quv-ilmiy adabiyotlar bazasi bilan yaqindan tanishildi hamda “Tо‘qimachilik tolalarining kimyoviy texnologiyasi” yо‘nalishi bо‘yicha stajirovka о‘tash ishlari olib borildi. Shu bilan birga, hamkor Universitetining muzeyi, moddiy texnik bazasi hamda Belorusiya Respublikasining tarixiy obidalari ham ko‘zdan kechirildi.N.Amirova TTYeSIning “Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qо‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish” bо‘limi boshlig‘i sifatida Vitebsk davlat texnologiya universitetida qо‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan 3-kurs sirtqi ta’lim talabalarining о‘quv jarayonlari va yashash sharoitlarini ham о‘rganib, ular bilan yaqindan suhbat olib borildi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.