YANGILIK VA TADBIRLAR

Maktab bitiruvchilari uchun mahorat darsi va “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan amaliy ekskursiya

photo_2022-02-22_07-08-58

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev raisligida 2020-yil 30-oktabr kuni “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari” muhokamasiga bag‘ishlab о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha maktablar faoliyatini takomillashtirish, о‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, ilm-fan va kasb-hunarga bо‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning bilimi va dunyoqarashini yanada oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyo” kafedrasi dotsenti SH.I.Karimov tomonidan Sergeli tumani 237-sonli umumta’lim maktabida reja asosida bitiruvchi sinf о‘quvchilariga mahorat darslari о‘tildi.Shuningdek, yuqori Chirchiq tumani 27-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari institutga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan tashrif buyurdilar. Kafedralar xodimlari institutda mavjud loboratoriya dastgohlarining ishlash jarayoni amaliy ko‘rsatildi. О‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga professor-о‘qituvchilar tomonidan batafsil javob berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!