YANGILIK VA TADBIRLAR

Qadring baland bо‘lsin, ona tilim!

photo_2022-02-23_15-34-09

Ma’lumki, til insonning moddiy va ma’naviy merosini asrashning eng kuchli vositasi, millat tafakkurining bebaho xazinasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan 2022-yilning 23-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “21-fevral – Xalqaro ona tili kuni”ga bag‘ishlab “Qadring baland bо‘lsin, ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirni institut rektori Ilxom Sabirov o‘z nutqi bilan ochib berib, dunyo bо‘ylab madaniy an’analar bilan tо‘liq tanishishga undovchi, bardavomlik va muloqotga asoslangan birdamlikni mustahkamlovchi hamda ma’naviy merosni avlodlarga qoldirish vositasi sifatida g‘oyat beqiyoslik kasb etuvchi bayram bilan barcha mehmonlar va qatnashchilarni samimiy qutladi.

Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Amerika Qо‘shma Shtatlari, Hindiston Davlati, Buyuk Britaniyaning О‘zbekistondagi elchixonalari rahbar va xodimlari, yurtimizda faoliyat olib borayotgan turli madaniy markazlar direktorlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Talaba-yoshlar tomonidan adabiy merosimiz namunalaridan turli tillar nigohida she’rlar o‘qildi. Milliylikni ifoda etuvchi kuy-qo‘shiq va go‘zal navolar esa bayramga o‘zgacha shukuh va kayfiyat baxsh etdi.

Ma’lumot o‘rnida: Tilning madaniyatga kо‘maklashishi hamda uni yanada rivojlantirish maqsadida YUNESKO Bosh Konferensiyasining qaroriga asosan, 2000-yil 21-fevral kunidan e’tiboran, “Xalqaro ona tili kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Mazkur kun bayram sifatida nishonlanar ekan, har bir insonning о‘z vatani va tiliga bо‘lgan muhabbati, ehtiromi, uni qadrlash tuyg‘ulari yangilanib boraveradi. Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, urf-odatlarini aks ettiruvchi kо‘zgudir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!