YANGILIK VA TADBIRLAR

Rektor va MFY yoshlar yetakchilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

photo_2022-02-26_09-54-30

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, bunda respublikadagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan. Shu sababli, 2022-yilning 25-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga biriktirilgan 9 ta mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boradigan yoshlar yetakchilari bilan yig‘ilish suhbati o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda institut rektori Ilxom Sabirov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev, dekan va kafedra mudirlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i hamda xodimlar va mahallalardagi yoshlar yetakchisi vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yig‘ilishda hamkorlik ishlari va kelgusidagi reja-maqsadlarni amalga oshirish imkoniyati va yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Xususan, institutning salohiyatli professor-o‘qituvchilarini biriktirish orqali yoshlarning bilimini oshirib borish haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan qatorda, mahallada yashovchi uyushmagan yoshlarni ommaviy tadbirlarga keng jalb qilish, turli mavsumiy, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish, o‘quv yurti faoliyati bilan tanishtirish, institut hududida tashkil etiladigan amaliy ishlar masalasi belgilandi. Shuningdek, “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilib, unga taklif va qo‘shimchalar kiritildi. Belgilab olingan takliflar esa tuman hokimligiga tasdiqlash uchun taqdim etilishi reja qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!