YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut va mahalla yoshlari o‘rtasida mini-futbol sport o‘yini o‘tkazildi

photo_2022-02-26_12-10-00

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat rahbarining 5 ta muhim tashabbusi ijrosi hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish yuzasidan joriy yilning 25-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga biriktirilgan Yakkasaroy tumanining “Belariq”, “Muhandislar”, va “Qushbegi” mahalla yoshlari va institutning talabalari o‘rtasida Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tashabbusi bilan mini-futbol sport turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!