YANGILIK VA TADBIRLAR

Stipendiya sovrindorlari munosib taqdirlandi.

photo_2022-02-28_17-54-29

O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan davlat sipendiyasi tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 4 nafar talabasi ya’ni, To‘xtamurodova Hilola Mashrabjon qizi – Prezident stipendiyasi, Shavkatova Ozoda Ibroxim qizi – Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi, A’zamjonov A’lamjon Shavkat o‘g‘li – Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi, To‘lqunova Mushtariybonu Maxmudjon qizi – Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 28-fevral kuni institut rahbariyati tomonidan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan qutlov kechasida rektor Ilxom Kaxramonovich Sabirov hamda institut jamoasi ishtirok etib, stipendiya sohiblarining kelgusidagi o‘qish va ilmiy-ijodiy faoliyatiga ulkan omad yor bo‘lishi haqida samimiy fikrlarini bildirishdi.

Talaba-yoshlarni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan chin dildan qutlaymiz. Yutuqlaringiz bardavom bо‘lsin!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!