YANGILIK VA TADBIRLAR

“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN!”

photo_2022-03-01_15-54-35

Institut talaba-yoshlarini dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatish, ularning ma’naviyati va dunyoqarashini boyitish, yoshlarda zamon taraqqiyoti sari chegara bilmayotgan yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishlariga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning 1-mart kuni “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita a’zosi Nodir Shomirzayev, Yakkasaroy tuman IIB XPB profilaktika katta inspektori, kapitan Aziz Tadjibayev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev, To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani Tohir Murodov, dekan o‘rinbosari, Tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan Yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish, ularni turli tajovuzlardan himoya qilish uchun, avvalo, kelajak avlod qalbida Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximiz, milliy urf-odatlarimizga nisbatan chuqur hurmat, faxr tuyg‘usini qalblariga singdirish zarurligi, kitobxonlik madaniyatini o‘zida shakllantrish, loqaydlik, manfaatparastlik va korrupsiya, o‘zgalarni mensimaslik kabi illatlardan uzoq yurish kerakligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!