YANGILIK VA TADBIRLAR

«Yashil yillik» umummilliy tadbiri amalda

photo_2022-03-02_17-17-48

Barchamizga ma’lumki, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 1-martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishini e’lon qilindi. Unga ko‘ra, joriy yil bahor mavsumida loyiha doirasida 125 million dona daraxt ko‘chatlarini ekish, aholiga kamida 10 million dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bepul tarqatish rejalashtirilgan. “Agar O‘zbekistonda ekologiyani yaxshilayman desak, har yili har bir xonadon ikkitadan daraxt eksin. Har bir tashkilot beshtadan daraxt eksin, qaysi tashkilot bo‘lishidan qat’iy nazar”, deb ta’kidlab o‘tdi davlat rahbari.Mazkur tadbirlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham davom etmoqda. Shundan ruhlangan institutda faoliyat olib borayotgan barcha doktorantlar o‘zlarining tashabbusi bilan institut hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 300 tupdan ortiq atirgul ko‘chatlarini ekishdi. Mazkur tashkillashtirilgan hasharda barcha doktorantlar faol ishtirok etishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!