YANGILIK VA TADBIRLAR

Tavallud

photo_2022-03-03_13-48-40

Bugun, 3-mart sanasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti Matbaa texnologiyasi fakultetida faoliyat yurituvchi, texnika fanlari nomzodi, dotsent Kamalova Sabohat Rahmatovnaning 75 yillik tavallud ayyomi! Yillar davomida institutning ilmiy kotibasi sifatida hamda matbaa yo‘nalishidagi yuksak qobiliyati va ijobiy fazilati bilan kadrlar tayyorlash yo‘lida samarali mehnat qilgan. Shogirdlari ta’lim va matbaa sanoatining nufuzli lavozimlarida sidqidildan xizmat kilib kelayotganligini ham alohida ta’kidlash o‘rinlidir.An’anaga muvofiq, o‘quv yurti rektori Ilxom Kaxramonovich Sabirov boshchiligida prorektor, fakultet dekani, professor-o‘qituvchi va ustoz-murabbiylar hamda xodimlar ishtirokida qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Ayyomingiz bilan chin dildan muborakbod etib, ushbu quvonchli kunda mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, xonadoningizga fayzu-baraka, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!