YANGILIK VA TADBIRLAR

“Dilbuloq” mahallasida tadbir o’tkazildi

photo_2022-03-03_21-42-53 (2)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlashda Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 3-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti dekani M.Ochilov boshchiligida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba – yoshlardan iborat jamoaning Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” MFY bilan hamkorlikdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, she’riy chiqishlar, kitob ko‘rgazmalari hamda sport o‘yinlari barchaning kayfiyatini ko‘tardi. Tadbir bayramona kayfiyatda boshlanib, ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!