YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYeSI hamda “Rakat” MFY hamkorlik musobaqalari

photo_2022-03-04_16-48-06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosi yuzasidan institutda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 4-mart kuni To’qimachilik sanoat texnologiyasi fakulteti dekani Toxir Murodov Baxramovich rahbarligida dekan o’rinbosarlari, tyutorlar tashabbusi bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari hamda Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlarining jismoniy faolligini oshirish, iqtidorli, iste’dodli yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish maqsadida Sportning “Voleybol”, “Shaxmat”, “Shashka” turalari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi orqali keng ommaga yoritilishiga ko‘maklashildi.

Musobaqa g‘oliblari Diplom bilan taqdirlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!