YANGILIK VA TADBIRLAR

Ayol borki, olam munavvar…

photo_2022-03-07_11-45-14

Ayol degan muqaddas kalom bejizga bardavom tarannum etilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos gо‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga qarab bilib olamiz. Ayol bir qо‘li bilan beshikni, ikkinchi qо‘li bilan esa dunyoni tebratishga qodir bо‘lgan muhtarama zot hisoblanadi. Shu bois, istiqlol yillarida yurtimizda xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom kо‘rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan о‘rinlari yildan-yilga faollashib bormoqda.

2022-yilning 5-mart sanasi gо‘zallik, latofat, mehr-u muhabbat, ishda faollik egasi bо‘lmish Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti xotin-qizlari, xodimlari uchun esda qolarli lahzalarga boy bо‘ldi.

Institut rektori Ilxom Kaxramonovich Sabirov rahbarligida tashkillashtirilgan “Aziz va muqaddassan, mutabar ayol!” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tо‘kin dasturxon atrofida yanada fayzli va xursandchiliklarga boy davom etdi. Davraning kо‘rki bо‘lgan faxriy ustozlarimiz yuzida tabassum, dilida shukronalik barq urib, shogirdlar qalbini quvonchga tо‘ldirdi.

Ayol e’tibordan yasharadi, mehrdan yashnaydi. Bugungi shukuhli bayram dasturi barchaning xotira daftarini chiroyli sahifalar bilan bezadi, deya mamnuniyat bilan ayta olamiz. E’tiborli jihati shundaki, bayram tadbirida о‘quv yurti rektori tizimda mehnat qilayotgan jamiki ayollarni bayram bilan qutlar ekan, ularga sog‘lik-salomatlik tiladi. Va о‘z mehnati va fidoiyligi bilan boshqalarga о‘rnak bо‘layotgan barcha xotin-qizlarga esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Bayram dasturi esa ayollarni tarannum etguvchi kuy-qо‘shiqlarga ulandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!