Joriy yilning 7-mart kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti dekani Nodir Mirzayev tashabbusi bilan fakultetda faoliyat yuritadigan barcha xotin-qiz xodimlar uchun ajoyib bayram tadbiri tashkil etilib, “8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni” bilan o’zgacha shukuhda qutlandi.
Ushbu e’tirofdan xodim ayollarning xursandchiligi bir olam bo’ldi, deya aytolamiz. Zero, ayol kishi e’tibor bilan yuksaladi va go’zallashadi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2022/03/photo_2022-03-07_22-41-04.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2022/03/photo_2022-03-07_22-41-06.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2022/03/photo_2022-03-07_22-41-08.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2022/03/photo_2022-03-07_22-41-10.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2022/03/photo_2022-03-07_22-00-10.jpg)