YANGILIK VA TADBIRLAR

“Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli uchrashuv o’tkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar zamirida yoshlarga juda ko`p imkoniyatlar eshigi ochilgan. Har bir inson yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissasini qо‘shmog‘i darkor.

Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari о‘rtasida yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida “Dunyoviy davlat va ma’rifat” hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda mehmon sifatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Eshbekov Tо‘lqin Usmonovich va Yakkasaroy tumani IIB XPB profilaktika katta inspektori kapitan Tadjibayev Aziz Raximjonovich tashrif buyurdi. Shuningdek, tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektor Ulug‘bek Abdullayev Tulanboyevich, fakultet dekan о‘rinbosarlari, tyutor va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar sо‘zga chiqib, yoshlar о‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli yot oqimlarga qо‘shilib ketishining oldini olish, oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilayotganligi, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, о‘z iqtidorlarni namoyish etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligi hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlar qо‘llab-quvvatlanayotganligini alohida ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda, kо‘p millatli yurtimizda о‘zaro dо‘stlik muhitini yaratish, diniy konfessiya vakillari о‘rtasida bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilyotganligi, ayni paytda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat, 16 ta diniy konfessiya, “Dо‘stlik” jamiyati vakillari teng huquqli hamda о‘zaro hamjihatlikda ahil-inoq yashab kelyotganligi, oxirgi yillarda diniy-ma’rifiy sohada о‘ziga xos yondashuvlar asosida ijtimoiy-ma’naviy muhit tubdan о‘zgarganligi, sо‘nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini “Internet” orqali ta’sir doirasiga olishga yо‘l qо‘ymasligimiz kerakligi haqida gapirib о‘tildi.

Tadbir sо‘ngida talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!