Mamlakatimizda yoshlarning salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada oshirish, huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
🖇Shu munosabat bilan 2022-yilning 12-mart kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutiga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘lim boshlig‘i M.Gʻ.Asqarov va katta inspektor O.L.Yusupov hamda Yakkasaroy tumani IIB XPB profilaktika katta inspektori kapitan A.R.Tadjibayev tashrif buyurib, “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida profilaktik davra suhbati o’tkazildi.
Yoshlarning ogohlik va hushyorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori A.E. Gulamov, fakultet dekan o’rinbosarlari, tyutor va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda so’z olgan mehmonlar, bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyat turlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.