YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut rektorining navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvi

photo_2022-03-17_15-45-08

2022-yilning 17-mart sanasida institut rektori Ilxom Sabirovning Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti talaba-yoshlari bilan navbatdagi ochiq muloqot yig‘ilishi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda o‘quv yurtidagi ta’lim sifati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yoshlar tafakkuriga ta’siri, yoshlarning muammolarini bevosita hal etish, ularni ish bilan ta’minlash, xususan, bugungi kunda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga befarq bo‘lmaslik masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, ochiq muloqot davomida talabalar tomonidan yo‘llangan savollarga aniq va batafsil javoblar berildi, takliflar esa yozib olindi. Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan muammolar esa rahbariyat e’tibori bilan imkon doirasida hal etilishi reja qilinib, mas’ullarga vazifalar yuklandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!