YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut rektorining fakultet talabalari bilan uchrashuvi yakunlandi

photo_2022-03-18_19-10-27

Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirovning Matbaa texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Dastavval, o‘quv yurti rahbari barchani yaqinlashib kelayotgan 21-mart Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.

Uchrashuvda institutdagi o‘qitish tizimi, darslarning sifati, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, axborot-resurs markazi, xususan, talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar haqida tushuncha berildi.

Shuningdek, jarayonda institutda amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur institutning o‘z an’analari, bu maskanda kamol topgan mashhur ustozlar to‘g‘risida, oldingi o‘quv sharoitlari bilan hozirgi o‘quv sharoitlari o‘rtasidagi keskin farqlar, bugungi kunda respublika rahbariyatining yoshlarga ilm olishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlari hamda institutda olib borilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Talabalar mazkur yig‘ilishda faol qatnashib o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar, muammolar yuzasidan bevosita fikrlarini bildirishdi. O‘z navbatida murojaatlarga aniq javob berilib, atroflicha qamrab olindi. O‘rinli takliflar esa rahbariyat tomonidan bajarilishga va’da qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!