YANGILIK VA TADBIRLAR

Professor-о‘qituvchilarning ko‘rsatmalari asosida talabalarning ilmiy izlanishga qiziqishi ortmoqda

photo_2022-03-19_10-49-54

Joriy yilning 17-mart kuni “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasida professor-о‘qituvchilar va 1-kurs talabalari bilan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining rivojlantirish konsepsiyasi va dasturidagi vazifalarni 2022-yilda bajarish bо‘yicha Yо‘l xaritasi “IV. Innovatsion ilmiy faoliyatni tashkil etish”, 37-bо‘limidagi “Institutdagi yoshlarni doktorlik mavzusini belgilash va tasdiqlash, ilmiy rahbarlar bilan ta’minlash” maqsadida 1-kurs talabalar orasida Ilmiy ish mavzusiga qiziqishi yuqori bо‘lgan hamda 1-semestr yakunida a’lo bahoga о‘zlashtirgan talabalar bilan yuqori darajada tadbir bо‘lib о‘tdi.

🔹Tadbir jarayonida talabalarning kafedra professor-о‘qituvchilar bilan sohaga oid savol-javoblari о‘tkazildi. Talabalar о‘zlarining savollariga tо‘liq javob olishdi. Uchrashuvda 1-kurs talabasi Kamalova Muborak Komil qizi “Institut malikasi” tanlovida faxrli 2-о‘rinni qo‘lga kiritganligi sababli kafedra tomonidan estalik sovg‘a bilan taqdirlandi. Shuningdek, talabalarga kafedra tomonidan ilmiy ishlari uchun rahbarlar tayinlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!