YANGILIK VA TADBIRLAR

“Uch avlod uchrashuvi”

photo_2022-03-25_10-23-47

Joriy yilning 24-mart kuni “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini 1980-1985-yillarda mobaynida “Tikuv buyumlari texnologiyasi” va “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan sobiq talabalari, shuningdek, kafedraning faxriy uztozlari va professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda institut rektori I.Sabirov va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor U.Abdullayevlar so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilarini bayram bilan samimiy qutladilar. Shu bilan birgalikda, uchrashuvda so‘z olganlar tomonidan institutning yillar davomidagi faoliyati, bitiruvchilarning yutuqlari va bugungi kunda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!