YANGILIK VA TADBIRLAR

“PLASTEKS” MCHJ yigirish korxonasiga amaliy tashrif

photo_2022-03-25_19-57-53

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professor-о‘qituvchi va talaba-yoshlari “PLASTEKS” MCHJ yigirish korxonasida tashkil etilgan mahorat darsida ishtirok etishdi.

Tadbir 2020-yil yanvar oyida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida о‘tkazilib, shartnoma bandlarida “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish, korxonaning yutuqlarini aks ettiruvchi materiallar bilan о‘zaro almashuvni yо‘lga qо‘yish hamda qiziqarli muammolar bilan tanishish kabi talablar aks etgan.

Tashrif sо‘ngida korxona rahbari o`rinbosari A.Rasulxodjayev tomonidan kafedrada mavjud ikkinchi va uchinchi kurs “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun mahorat darsi ham tashkil etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!