YANGILIK VA TADBIRLAR

Xush kelding, Navro‘z!

photo_2022-03-29_13-31-46 (2)

Vatanga muhabbat va sadoqat kabi gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan Navroʻz xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Ayni kunlarda yurtimiz go‘shalarida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Serquyosh diyorimizning barcha joylarida bo‘lganidek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan kutib olindi.

Xususan, Talabalar turar joyida joriy yilning 28-mart kuni bayramga bag‘ishlangan, “Qadriyatlari qadrlangan yurtda, Navro‘z” shiori ostida jamoani birlashtirgan tadbir o‘tkazildi.

🖇Mazkur shodiyonani institut rektori Ilxom Kaxramonovich Sabirov ochib berib, yangilanish, yasharish bayrami Navroʻzi olam bilan barchani birdek samimiy va ezgu tilaklar ila muborakbod etdi.

Bayramona tadbir doirasida pishirilgan osh, ko‘k somsalar va ana’naviy taomlarimiz bayram dasturxoniga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi. Tadbirning badiiy qismi esa xushovoz xonandalarning go‘zal taronalari, milliy ohanglarga yo‘g‘rilgan kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi. Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan bu kabi bayramlarning mamlakatimizda keng nishonlanishi elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik va millatlaro ahillik hukm surishiga xizmat qiladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!