YANGILIK VA TADBIRLAR

Ezgu amallar ayyomi, Navro‘z – TTYeSIda!

photo_2022-03-31_14-19-16

Shu kunlarda butun O‘zbekiston bo‘ylab Navro‘z bayrami nishonlanmoqda. Navro‘z – bahor, oq va pushtiga o‘rangan daraxtlar, bu sharqona yangi yil, ildizi asrlar qariga borib taqaladigan qadimiy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Bu bayram uch yuz ming yillik tarixga ega bo‘lib, biz uchun juda qadrli va sevimlidir. U ona tabiatning uyg‘onishini, ruh uyg‘onishi va yorug‘ umidlarni aks ettirib kelgan milliyligimizning bir bo‘lagi bo‘lib, har bir xonadonga quvonch va shodlik olib keladi.

Bahorning eng ajoyib va jozibali, quyoshli kunlaridan birida Navro‘z bayramini Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi o‘zgacha shodiyona ostida karnay-surnaylar sadolari, bayramona dasturxonlari yozilib, osh damlanib, shohona taomimiz bo‘lgan sumalak tayyorlanib, xushkayfiyat ila keng nishonlanadi.

Mazkur tantanali bayramni institut rektori, texnika fanlari doktori Ilxom Kaxramonovich Sabirov ochib berib, barchaga o‘zining eng ezgu, samimiy tilakarini yo‘lladi. Shuningdek, ushbu tadbirga “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat” uyushma rahbarlari, Yakkasaroy tumani prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar mehmon sifatida tashrif buyurib, mustaqil diyorimizning tinchligi, osoyishtaligi, obodligiga ko‘z tegmasligi, har bir xonadonga fayzu baraka hamrohligini tilab duo qilishdi. Zero, ko‘pchilikning qilgan ezgu niyati albatta ro‘yobini topadi.

Tadbir davomida institutning barcha fakultetlari o‘zlarining ko‘rgazma va bayram dasturxonini mahorat bilan bezatishdi. Kirish qismida esa Jamoatchilik Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya a’zolari tashrif buyurgan mehmonlarga bir martalik ovoz berish uchun jetonlari taqdim etdi. Qatnashchilarning ovozi yashirin va haqqoniy tarzda baholanib, Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti tashkil etgan bayramona dasturxon eng ko‘p ovoz to‘plab, rahbariyat tomonidan qimmatbaho televizor bilan mukofotlandi.

Qadriyat va an’analarni aks ettirgan ko‘rgazma, milliy taomlarimiz namunalari, shirinlik turlari, ko‘k somsalar va bahoriy taomlarning xilma-xilligi bayram dasturxoniga fayz berib, o‘zbek xalqining naqadar mehmondo‘st, ochiqko‘ngil va samimiy ekanligini aks ettiradi. Eng asosiysi, mana shu zaminda yashayotgan har bir insonda shukronalik hissini uyg‘otadi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bayramda dasturida talabalar tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti, kuy va raqslar jo‘rligidagi sayl har yilgidan boshqacha bo‘lib, san’at ustalarining musiqiy chiqishlari, dilbar taronalari barchaning ko‘ngliga ko‘tarinki ruh taqdim etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!