YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutda “Hindiston ilmiy markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

photo_2022-03-31_17-52-02

2022-yilning 31-mart kuni Hindiston Davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi, Hindiston Madaniyat markazi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etilib, shu xususda “Hindiston ilmiy markazi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. O‘z o‘rnida ushbu markaz professor-o‘qituvchilarning dars va ilmiy konferensiyalarini o‘tkazishda hamda onlayn konferensiyalarni muntazam olib borilishiga xizmat qiladi.

Uchrashuvda Hindiston Davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat, Lal Baxadur Shastri nomidagi Hindiston Madaniyat markazi direktori professor Chander Shekxar, elchixona xodimlari, shuningdek, institut rektori Ilxom Kaxramonovich Sabirov, prorektorlar, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi xodimlari ishtirok etishdi.

“Hindiston ilmiy markazi” orqali kelgusida Hindistondagi nufuzli Axmadobod va Dehli universitetlari bilan to‘qima, ipak, yigirish, tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish hamda iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarning tajriba almashinuvlari, ilmiy izlanishlarini yo‘lga qo‘yish maqsad qilindi.

Uchrashuv o‘zaro iliq va samimiy suhbat bilan yakunlanib, bir necha oy ichida institutning 10 ga yaqin professor-o‘qituvchilari malaka oshirish maqsadida Hindiston Davlatiga borishlarini tashkil etish elchi janoblari tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, Manish Prabxat hamkorlikda qilinayotgan ishlar uchun institut rahbariyati va “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Feruza Ikromxonova, kafedra o‘qituvchisi Shahnoza Nurbekovaga do‘stona va iliq munosabat uchun minnatdorlik izhor etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!