YANGILIK VA TADBIRLAR

“Oltin vodiy” MFYda “She’riyat gulshani” hamda Amir Temur ijodiga nazar

photo_2022-04-09_17-28-33

She’riyat qaysidir ma’noda qalblarga taskin beruvchi, yaxshilikka boshlovchi yorug‘ yо‘ldir. Yaxshi she’r insonni ezgulikka, orzu va maqsadlar sari yetaklaydi.

Institutning Matbaa texnologiyalari fakulteti yosh ijodkorlari tomonidan “Oltin vodiy” mahallasida joylashgan 237-maktab о‘quvchilari bilan “She’riyat gulshani” nomli ijodiy uchrashuv о‘tkazildi.

O‘qituvchilar O.Haqnazarova va T.Tillayev hamda iqtidorli talaba S.Egamberdiyevalar ijod namunalari yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. She’riyatdan bahramand bо‘lish bilan birga о‘quvchilar qiziqishi, fikr-mulohazalari bilan ham о‘rtoqlashildi.

Shuningdek, 9-aprel buyuk sarkarda Amir Temurning tavallud kuni munosabati bilan qiziqarli viktorina ham о‘tkazildi. Savollarga tez va aniq javob bergan о‘quvchilarga kitoblar taqdim etilib, maktab о‘quvchilariga a’lo darajada kayfiyat va bir olam taassurot tuhfa etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!