YANGILIK VA TADBIRLAR

Talabalarning bо‘sh vaqtlari mazmunli о‘tmoqda

photo_2022-04-18_14-28-30

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi va Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda 5 ta muhim tashabbus doirasida universitet talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy va kо‘ngilochar tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida kitobxonlik, pazandalik, tikuvchilik, sport tadbirlari, kitob kо‘rgazmalari hamda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti vakillari tomonidan milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti о‘tkazilib, faol ishtiroki uchun esa TTYeSI rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etildi.

Shuningdek, talabalarning о‘qishdan bо‘sh vaqtini qiziqarli о‘tkazish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinib, shulardan biri “Pazandalik” tо‘garagidir. Uning navbatdagi mashg‘ulotida talab-yoshlar milliy taomlarning tayyorlanish sirlarini o‘rgandilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!