YANGILIK VA TADBIRLAR

Xushxabar

photo_2022-04-20_16-10-59

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining ilmiy ko‘rsatkichi kun sayin o‘sib bormoqda. 2025-yilga borib ilmiy salohiyatni 70 % ga yetkazish maqsadida doktoranturaning qabul kvotasi 98 % ga ko‘tarildi. Natijada, himoyalar soni 10 % ga oshishi evaziga bugungi kunda ilmiy salohiyat darajasi 53 % ni tashkil etmoqda. 

O’quv yurtining yana bir xodimi “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi assistenti Tulaganova Moxinur Vohid qizi – “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bо‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomiga ega bo‘ldi. Shu munosabat bilan joriy yilning 20-aprel kuni institut rektori, texnika fanlari doktori – Sabirov Ilxom Kaxramonovich tomonidan e’tirof etilib, kelgusidagi ilm sohasida kuch-g‘ayrat yor bo‘lishi haqida samimiy fikrlar bildirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!