YANGILIK VA TADBIRLAR

“Kitobxon – talaba” tanlovi

photo_2022-04-20_18-23-40

Mamlakatimiz aholisining 30 fozini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Axborot-resurs markazida 20-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Kitobxon talaba” nomli tanlov o‘tkazildi.

Bunda 6 nafar talaba 4 ta shart asosida ishtirok etib, final yo‘llanmasiga va rahbariyatning faxriy yorliq, esdalik sovg‘alariga ega bo‘lishdi. (1-o‘rin:Sayfiddinov Muhammad, 2-o‘rin:Idrisova Zarnigor, 3-o‘rin:Yuldosheva Aziza).

Kelajak yoshlar qo‘lida ekan, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, madaniy-ma’rifiy va siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirishda esa kitobning o‘rni beqiyosdir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!