YANGILIK VA TADBIRLAR

“Zukko kitobxon” intellektual o‘yini

photo_2022-04-26_17-06-41

Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti dekani N.Mirzayev, dekan o‘rinbosari Sh.Mengnarov, tyutorlar hamda Yakkasaroy tumani “Belariq” mahalla yoshlar yetakchisi A.Hakimov bilan hamkorlikda “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Bellashuvda fakultet talabalaridan tashkil topgan “Iqro”, “Qaldirg‘ochlar”, “Ideal” jamoalari hamda mahalla yoshlaridan tashkil topgan “Kreativ” jamoalari ishtirok etib, o’zaro bellashdilar.

O’yin 3 ta shart bo’yicha o’tkazildi. 1-shart: “O’zbek shoir va shoiralarining she’rlaridan parcha aytish”, 2-shart: “O’zbek yozuvchilarining asarlariga ta’rif”, 3-shart: “Kitobxonlikni targ’ib qilish bo’yicha loyiha tayyorlash”.

Natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin: “Iqro” jamoasi, 2-o‘rin: “Kreativ” jamoasi, 3-o‘rin: “Ideal” va “Qardirg‘ochlar” jamoasi egalladi. Ularni rag’batlantirish maqsadida kitoblar to’plami taqdim qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!