YANGILIK VA TADBIRLAR

Xotin-qizlar Kengashi a’zolaridan qizlar uchun davra suhbati

photo_2022-04-27_07-41-24

Joriy yilning 20-25 aprel sanasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash a’zolari Talabalar turar joyida qizlar bilan navbatdagi ma’naviy davra suhbatini o‘tkazdilar.

Suhbatda talaba-qizlarga chuqur bilimga ega bo’lish uchun vaqtdan unumli foydalanish va hamisha izlanishda bo’lishlari, institutda professor-o‘qituvchilar nasihatlarini tinglashi, ota-onaning ishonchini oqlash kabi tarbiyaviy masalalar bilan bir qatorda, bugungi kunda Yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida aytib o’tildi.

Shuningdek, institutning ichki tartibi, Odob-axloq kodeksi qoidalariga ko‘ra, kiyinish, so’zlash, o’zini jamoa orasida qanday tutish madaniyatiga amal qilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!