YANGILIK VA TADBIRLAR

Tanlov g‘oliblari e’tirof etildi

photo_2022-04-27_12-59-07

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi majlislar zalida 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan an’anaviy o‘tkaziluvchi eng yaxshi intellektual mulk obyekti “Best IP – 2022” tanlovi g‘oliblari hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Ixtirochilik uchun”, “Ijodkorlik uchun” medallari va “Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona” mukofoti bilan taqdirlash marosimi o‘tkazilib, tanlovga respublikamiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institut olimlari, yosh ilmiy-izlanuvchilarning 100 dan ortiq ishlari kelib tushdi.

Ushbu tanlovda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri Mastura Rasulova rahbarligida, Gavxarxon Orziqulova, Nilufar Qurbanova, Mushtariybonu To‘lqunovalar muallifligida yaratilgan Tos-son bo‘g‘inlari uchun bandaj dizayni “Eng yaxshi Sanoat namunasi” nominatsiyasi bo‘yicha III darajali diplomga loyiq deb topildi.

Mazkur loyiha respublikada o‘tkazilgan “O‘zbekiston uchun yuz g‘oya” tanlovida ham top 100 talikka kirib, 10 000 000 so‘m mukofotini qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan institut rektori Ilxom Sabirov tomonidan tanlov ishtirokchilari o‘zgacha faxr bilan munosib taqdirlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!