YANGILIK VA TADBIRLAR

Yong‘in xavfsizligi va Avariya-qutqaruv ishlari yuzasidan talabalarga ma’lumotlar berildi

photo_2022-04-27_13-35-08

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining Yong‘in xavfsizligi institutiga joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarining tashrifi uyushtirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga jiddiy xavf solib kelayotgan iz gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari xususida ham batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanishni amaliy tarzda ko‘rsatildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!