YANGILIK VA TADBIRLAR

Islom Karimov nomidagi ilmiy-amaliy yodgorlik muzeyiga tashrif

photo_2022-04-27_15-31-14

Joriy yilning 27-aprel kuni “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Begmatov va To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tyutori O.Berdiyeva birgalikda 8 va 8a-21 guruhi talabalarini O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomidagi ilmiy-amaliy muzeyiga amaliy tashrif buyurishdi.

Tashrif jarayonida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan rejada belgilangan mashg‘ulotlar sayyor dars sifatida amalga oshirildi. Talaba-yoshlar Islom Abdug‘aniyevich Karimov hayot yo‘li va faoliyati, davlatimiz ravnaqi uchun erishilgan yutuqlar, ijtimoiy-siyosiy voqeliklar haqida batafsil ma’lumot oldi. Mazkur tashrifdan yoshlar o‘zlariga foydali va qiziqarli axborotga ega bo‘lib, mamnun kayfiyatda sayohat qilishdi. O‘z o‘rnida ustozlariga minnatdorchilik bildirishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!