YANGILIK VA TADBIRLAR

“Oltin mо‘y qalam” kо‘rgazmasi

photo_2022-04-27_16-51-22

Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti “Kostyum dizayni” kafedrasi tomonidan institutning 90 yillik shodiyonasiga bag‘ishlangan “Oltin mо‘y qalam” ijodiy ishlar kо‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur tadbir an’anaviy tarzda har yili о‘tkazilib, 100 ga yaqin talabalarning mualliflik ishlari ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

“Kо‘rgazmaga kirib kelar ekanman, talabalar tomonidan yaratilgan ijod namunalarini kо‘rib, haqiqatdan ham bizning o‘quv yurtimizda serqirra qobiliyat sohiblari kо‘pligiga yana bir bor amin bо‘ldim. О‘ylaymanki, о‘z ustingizda yanada kо‘proq ishlab, dunyo sahnalariga chiqasiz. Jahonning mashxur kо‘rgazma va tanlovlarida ishtirok etib, yuqori marralarni zabt etgan holda faxrli о‘rinlarga ega bо‘lishingizga ishonch bildiraman. Bu yo‘lda hammangizga omad va muvaffaqiyat hamroh bо‘lsin!” deya institut rektori Ilxom Sabirov samimiy fikrlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu kо‘rgazmada “Kostyum dizayni” kafedrasi professor-о‘qituvchi va talabalari, “Charm bumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi”, “AICP-Dizayn”, TTYeSI qoshidagi Akademik litsey о‘quvchilari ishtirok etdi.

Mustaqil ta’lim asosida ishlangan ijodiy ish namunalari uch yо‘nalishda: rangtasvir, grafika, kompozitsiya kо‘rinishda taqdim etilib, unda kafedra professor-о‘qituvchilari va talabalarining ijodiy mahorati, ichki kechinmalari, xayoloti oltin mо‘y qalam orqali namoyish etilgan. Kо‘rgazmada turli janrlardagi ijodiy asarlarni kо‘rish mumkin. Jumladan, manzara, natyurmort, portret, maishiy kabi janrlar orqali yaratilgan asarlar tomoshabin kо‘zini quvontirib, о‘ylashga majbur qiladi. Ulardagi qо‘llangan bir-biridan farqli ranglar jilosi esa kо‘rgazmaga yanada ijodiy ruh baxsh etgan. Ushbu kо‘rgazmada ustoz-shogird tizimi yо‘lga qо‘yilganligini ham ko‘rish mumkin.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!