YANGILIK VA TADBIRLAR

Shahidlar xiyoboni.Qatag’on qilinganlar xotirasi

photo_2022-04-28_13-42-38

Joriy yilning 28-aprel kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tyutori Sardor Primov tashabbusi bilan dars jarayonida belgilangan amaliy vazifalar ijrosi yuzasidan Toshkent shahrida joylashgan “Shahidlar xiyoboni” va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga talabalar ishtirokida tashrif buyurildi.

Mustaqillik davrida ma’naviy-madaniy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amaliy tadbirlar asosida tushuntirish, talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, xususan, Ona vatanga sadoqat ruhida tarbiya olishida tarixiy qadamjolarning o‘rni beqiyos ekanligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, xotiraga aylangan ziyoli Vatandoshlarimizning nomlari tilga olinib, Yurtimiz rivoji uchun amalga oshirgan ishlari tahsinga loyiq ekanligi alohida ta’kidlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!