Joriy yilning 29-aprel kuni Matbaa texnologiyalari fakulteti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Yusupova, S.Sattorova, U.Do‘stova, Sh.Nurbekova, Sh.Yusupaliyeva, F.Rahimovlar tomonidan “To‘qimachi” mahallasida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti litseyida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Ma’naviy uchrashuvda badiiy adabiyot vakillari hayoti va asarlari haqida ma’lumotlar taqdimot tarzida namoyish qilindi. O‘quvchilarni badiiy ijodga qiziqtirish orqali vatanni tarannum etguvchi asar yozgan ijodkorlar hayoti va faoliyati xususida savol-javoblar o‘tkazildi. Jarayonlar ko‘tarinki ruhda, qiziqarli tarzda bo’lib o‘tdi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.