YANGILIK VA TADBIRLAR

Islohotlar amalda

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida 2022-yil 29-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikdagi ishlar amalga oshirildi.

Maktabga “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professori Nigmatova Fotima, doktorantlar Sharipova Saodat, Shirinova Ma’mura tashrif buyurib, 10, 11-sinf o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbatlari olib borildi.

Suhbat cho’g’ida maktab pedagoglar jamoasi Institutda bugungi kunda zamon talablariga javob beradigan 2022-2023 o’quv yilida ochilishi mo’ljallanayotgan yangi yo’nalishlar haqida savollarga javoblar olindi. Shuningdek, 11-sinf bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasasida bo’ladigan kirish imtihonlari to’g’risida ma’lumotlar berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!