YANGILIK VA TADBIRLAR

“O‘zbek-Xitoy Peng-Sheng” qo‘shma korxonasiga tashrif

photo_2022-04-30_11-58-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyul PQ-3151-son “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2022-yilning 28-aprel kuni institutning “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbek-Xitoy Peng-Sheng” qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishdi.

Maqsad esa sohaning bo‘lajak mutaxassislarini zamonaviy Charm-poyabzal korxonasidagi ilg‘or texnika-texnologilari bilan yaqindan tanishtirish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash va kelajakda ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish hisoblanadi.

Korxona faoliyati bilan direktor o‘rinbosari Abror Abduvaxobov hamda Uyushmaning “Ishlab chiqarish boshqarmasi” bo‘lim boshlig‘i FarruxDoniyorov ma’lumot berdi. Mazkur uchrashuv institut jamoasida katta taassurot qoldirib, tadbirni tashkil etishda sharoit yaratib bergan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “O‘zbek-Xitoy Peng-Sheng” qo‘shma korxonasi va TTYeSI rahbariyatiga kafedra jamoasi o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!