YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut jamoasi umumxalq hasharida

photo_2022-04-30_13-36-34

30-aprel, Yurtimiz bо‘ylab “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari о‘tkazilmoqda.

Erta tongdan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi o‘zbek xalqiga xos bо‘lgan azaliy qadriyat – hashar ishlarini birdamlik asosida boshlab yubordi. Institutning professor-o‘qituvchilari, ustoz-murabbiy va talaba-yoshlari tomonidan hududdagi daraxtlar tagi yumshatildi, ularga shakl berilib, oqlandi, ariqlar tozalandi. Hovli qismida tashkil etilgan tutzorlar begona o‘tlardan tozalandi. Atrof ko‘rkamligi uchun bahoriy gullar va rayxonlar o‘tqazildi. Shuningdek, о‘quv binolari, sport inshootlari, talabalar turar-joylarida tozalik ishlari faollik bilan olib borilmoqda.

Xalqimiz ma’naviy olamida ibratga arzirli oliyjanob hislatlar mavjud. Hashar ham xalqimizning qadimiy va unutilmas qadriyatlaridan biri bo‘lib qoladi! Zero, u barchani birdamlik, ahillik va mehr-oqibatga undaydigan savobli amaldir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!