YANGILIK VA TADBIRLAR

“12-may – Ekologik ta’lim kuni”

photo_2022-05-12_20-04-31

Yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish zarurdir. Bunda ekologik ta’lim-tarbiyaning ahamiyati ham nihoyatda yuqori. Zero, ekologik ta’lim-tarbiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir.

Shu munosabat bilan 12-may “Ekologik ta’lim kuni”ga bag‘ishlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari o‘rtasida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar-treningda fakultet dekani M.Ochilov, kafedra mudiri O.Yo‘ldosheva, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!