YANGILIK VA TADBIRLAR

“Tо‘qimachilik sanoatida atrof-muhitning qulay ekologik holatini muhofaza qilishni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar

photo_2022-05-27_17-50-13

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi” qarorida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 26-may kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi tomonidan “Tо‘qimachilik sanoatida atrof-muhitning qulay ekologik holatini muhofaza qilishni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Uchrashuvda institut rahbariyati, “O‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari va 10 ga yaqin nufuzli OTM professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoa faol ishtirok etishdi. Mazkur seminarni о‘tkazishdan asosiy maqsad paxta, tо‘qimachilik, matbaa, charm ishlab-chiqarish va yengil sanoat korxonalarida ekologik muvozanatni saqlash va ekologik muammolari yechish usullarini muhokama qilishdir.

Tо‘qimachilik sanoatidan atrof muhitni zararlovchi omillar chang va pardozlash, charm sanoaotidan ajralib chiqadigan oqava suvlardir. Ushbu muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2022-23 о‘quv yilidan boshlab Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yо‘nalishi ochish taklifi kiritilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Shu xususda, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2022-2023 о‘quv yilidan boshlab Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavriat bо‘yicha mutaxassislar tayyorlash yо‘lga qо‘yilishi munosabati bilan “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi homiyligida 100 million sо‘mlik laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!