YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut delegatsiyasining Riga texnika universitetiga rasmiy tashrifi

photo_2022-05-31_09-37-41 (2)

Joriy yilning 30-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirov boshchiligidagi jamoa, jumladan, Ishlar boshqaramasi boshlig‘i Baxtiyor Boboxo‘jayev¸ Magistratura bo‘limi boshlig‘i Xayrulla Usmanov va Xalqaro bo‘lim mutaxassisi Surayyo Mamadjanovalar Riga texnika universitetida amaliy tashrifda bo‘lishdi.

Riga texnika universiteti QS (Word University Rankings) reytingida Yevropada 418-oʻrin va dunyoda 701-oʻrinni egallaydi. Uchrashuv jarayonida dizayn va kimyoviy texnologiyalar sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, RTU infratuzilmasi, laboratoriya va texnik ta’minotini rivojlantirish borasidagi tajribalar o‘ŗganildi.

Institut rahbariyati hamda RTU rektori, akademik Leonids Ribickis bilan uchrashuv tashkil qilinib, bunda o‘quv, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida kelgusidagi hamkorlik g‘oyalarini muhokama qilish va ikkala institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash maqsadida fikr-mulohazalar yuritildi.

Shuningdek, TTYeSI delegatsiyasi Materialshunoslik va amaliy kimyo fakulteti dekani professor Maris Turks, Loyihalash texnologiyalari instituti vakillari – direktor Dana Beļakova va yetakchi ilmiy xodim Ilze Baltija, Polimer materiallar instituti professori Remo Merijs-Meri va ”Muhandislik texnologiyasi, mexanika va mashinasozlik” o‘quv dasturi rahbari Marina Čerpinskalar bilan o‘zaro manfaatli muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, tashrif davomida TTYeSI delegatsiyasi Xorijiy talabalar fondi va qisqa muddatli kurslar boʻlimi vakillari – rahbari Nataja Muračova va loyiha menejeri Arturs Lusis hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimining loyiha menejeri Ēriks Badamshins bilan suhbat va kelishuvlar oʻtkazildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!